Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Mehribon Tillayeva O‘rtayop mahallasi xotin-qizlar
faoli Sayyora Ro‘zmetova faoliyati bilan yaqindan tanishdi hamda uning olib borayotgan ishlari xotin-qizlar muammolarini hal etishda qay darajada samara berayotganiga alohida e’tibor qaratdi.
Mahalla faoli S. Ro‘zmetova 2025-yilda ishga muhtoj xotin-qizlardan 75 nafari bandlik bilan ta’minlanganini, joriy yilda ham xotin-qizlar bandligini oshirishga ustuvor ahamiyat berilayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, u deputatni yig‘ma jild materiallari bilan tanishtirib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil axborot berdi.
Faoliyati davomida erishilgan natijalarga to‘xtalib, 2025-yilda yordamga muhtoj xotin-qizlardan 22 nafariga
moddiy yordam ko‘rsatilgani, shuningdek, ikki nafar ayolning uy-joyi ta’mirdan chiqarilganini ta’kidladi.