Yangiliklar

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Jumladan, Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov tomonidan Yo‘rmado‘z MFY Navbahor ko‘chasida yashovchi fuqaro T.Kasimovning subsidiya bilan bog‘liq murojaati o‘rganildi.

Murojaatchi bilan bevosita suhbat o‘tkazilib, unda ko‘tarilgan masala atroflicha ko‘rib chiqildi. Fuqaroga amaldagi tartib va talablar asosida zarur tushuntirishlar berildi hamda murojaat yuzasidan huquqiy izohlar taqdim etildi.

Shu kabi uchrashuvlar fuqarolar bilan ochiq muloqotni ta’minlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida o‘rganish va hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 3