Yangiliklar

#muammo #yechim

📌Har bir qarich yer va bino aholi manfaati uchun xizmat qilishi lozim. Hududlardagi tashlandiq holatga kelib qolgan inshootlarni qayta tiklash va ulardan samarali foydalanish — bugungi kun talabi.

✅ Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi raisi Doniyor Karimov Ahmad Yassaviy mahallasida bo‘lib, hududdagi foydalanilmayotgan tashlandiq bino holatini ko‘zdan kechirdi.

🏢Mazkur binoning bugungi holati, undan kelgusida ijtimoiy loyihalar yoki tadbirkorlik maqsadlarida foydalanish imkoniyatlari tahlil qilindi. Tashlandiq inshootlar nafaqat hudud ko‘rkiga putur yetkazadi, balki xavfsizlik jihatidan ham nazorat talab etadi.

🤝 Masalaning amaliy yechimi yuzasidan shahar hokimining o‘rinbosari M.Mo‘minovga aniq topshiriqlar berildi. Binoni tartibga keltirish va uning maqsadli yo‘nalishini belgilash yuzasidan qat’iy ijro nazorati o‘rnatildi.

Slide 1 of 3