Fuqarolar murojaatlari ijobiy hal qilindi
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi M.Ashurovga “Shabnam” mahallasi fuqarolari tomonidan qilingan murojaat ijobiy hal qilindi.
"Shabnam" mahallasining "Dehqalandar" qishlog‘ida yashovchi fuqarolar tomonidan bildirilgan elektr energiyasi bilan bog‘liq murojaatni tuman Kengashi raisi, deputat M.Ashurov joyida ko‘rib chiqib, muammoni ijobiy hal etdi.
Shuningdek, ushbu mahallaning "Fidokor" qishlog‘i aholisining qo‘shimcha transformatorga ehtiyoji borligi yuzasidan qilingan murojaati bo‘yicha tegishli mas'ullarga deputat tomonidan Deputatlik so‘rovi yuborildi.
Ta’kidlash joizki, aholi bilan ochiq muloqot qilish, ularning dardini tinglash va amaliy yordam ko‘rsatish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu kabi ijobiy yechimlar fuqarolarning davlat organlariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.