Yangiliklar

Deputat aholi xonadonlarida bo‘lib, muammolarni o‘rgandi.

Deputat aholi xonadonlarida bo‘lib, muammolarni o‘rgandi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati T.Lutfullayev o‘z saylov okrugidagi alohida xonadonlarda bo‘lib, aholining yashash sharoiti va mavjud muammolari bilan yaqindan tanishdi.

 Uchrashuvlar davomida fuqarolar tomonidan kommunal xizmatlar, yo‘l ta’miri, ish bilan ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Deputat har bir masala yuzasidan atroflicha fikr almashib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda muammolarni bosqichma-bosqich hal etish choralari ko‘rilishini ta’kidladi.

 Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, muammolarni o‘z vaqtida aniqlashda tordam beradi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 4