Yangiliklar

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashining yettinchi chaqiriq beshinchi sessiyasi 2025-yil 15-yanvar kuni bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida mahallalarda tomorqa yerlarini sug‘orishni yaxshilash masalasi ko‘rib chiqilib, tegishli takliflar ma’qullandi.

Shuningdek, sektor rahbarlarining 2024-yildagi faoliyati, tuman prokuraturasining qonuniylikni ta’minlash borasidagi ishlari, murojaatlar bilan ishlash holati yuzasidan hisobotlar eshitildi.

Jizzax viloyati prokuraturasining taqdimnomasi ijrosi muhokama qilinib, mas’ullarga topshiriqlar berildi.

Bundan tashqari, 2024-yilgi budjet ijrosi, “Tashabbusli budjet” loyihasi, bandlik dasturi hamda ekologiya yo‘nalishidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Slide 1 of 9