Yangiliklar

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashing haftalik dayjesti

(23–27-fevral)

🏛 Uzun tumani Kengash deputatlari: Muammolar yechimi va hududlar rivoji diqqat markazida

Uzun tumanida aholi farovonligini oshirish, hududlarni obod qilish va ijtimoiy soha obyektlaridagi sharoitlarni yaxshilash borasida tizimli ishlar davom etmoqda.

🗓 Muhim uchrashuvlar va qarorlar

Joriy yilning 24-fevral kuni Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining o‘n to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman rivojining strategik masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, Mahalliy budjet va iqtisodiy islohotlar komissiyasi yig‘ilishida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari belgilab olindi.

🏘 Mahalla hayoti va aholi bilan muloqot

Deputatlar korpusi "kabinet ish uslubi"dan voz kechib, bevosita mahallalarda o'rganishlar olib bormoqda:

Murojaatlar yechimi: "Qarashiq" mahallasida aholi murojaatlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Obodlik: "Tojikobod" mahallasida keng ko‘lamli obodlashtirish ishlari qizg‘in davom etmoqda.

Ijtimoiy ko‘mak: "Do‘stlik" mahallasida bemorlar holidan xabar olindi va "mahalla yettiligi" faoliyati tahlil qilindi.

Bandlik va daromad: "Yangi kuch" mahallasida tomorqalardan unumli foydalanish hamda tuman miqyosida xonadonbay o‘rganishlar orqali aholi bandligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

🎓 Ta’lim va Ma’naviyat

Deputatlar hamda viloyat Kengashi vakillari hamkorligida 9 va 11-sonli maktablardagi ta’lim sifati va sharoitlar ko‘zdan kechirildi. 

Shuningdek, hududdagi "Oqostona" ziyoratgohida ziyoratchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, tegishli tavsiyalar berildi.