Yangiliklar

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati F.Shodiyeva “Changaron” MFYda oʼrganish ishlari olib bordi.

Oʼrganishlar davomida hududda joylashgan "Tikuv sexi" faoliyati bilan tanishildi. Bunda xotin-qizlarning bandligini taʼminlash, ular uchun yaratilgan sharoitlari, mehnat xavfsizligi hamda ishlab chiqarish jarayonlari oʻrganildi. Ayni kunda ushbu sexda ishsiz 10 dan ortiq xotin-qizlar doimiy ish bilan taʼminlanib, kasb-hunar oʻrganish imkoniyatiga ega boʻlmoqda. Shuningdek, ishchi-xodimlar bilan suhbat oʻtkazilib, ularning taklif va muammolari tinglandi.

Slide 1 of 5