Yangiliklar

Deputat faoliyatidan

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi 16-Guliston saylov okrugidan saylangan deputat Magripova Ro‘zigul Toshniyozovna tumandagi 24-umumta’lim maktabida yuqori sinf o‘quvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbir davomida Oʻzbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risidagi O‘RQ-406-sonli Qonuni yuzasidan tushunchalar berildi va maktab o‘quvchilari o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablari hamda ularni bartaraf etish choralari haqida atroflicha tushuntirishlar berildi. 

Uchrashuv savol-javoblar shaklida o‘tkazilib, o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan batafsil javob oldilar.

Slide 1 of 2