Yangiliklar

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi hamda MADAD nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

🤝 Hamkorlik memorandumi imzolandi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi hamda MADAD nodavlat notijorat tashkiloti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Mazkur memorandumdan ko‘zlangan asosiy maqsad — fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularning murojaatlarini tizimli o‘rganish va amaliy yordam ko‘rsatish borasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat.

Hamkorlik doirasida:

✔️ Aholiga huquqiy maslahatlar ko‘rsatish

✔️ Murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirish

✔️ Joylarda sayyor qabullar tashkil etish

✔️ Huquqiy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish rejalashtirilgan

Ushbu memorandum ikki tomonlama hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqib, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

Slide 1 of 2