Yangiliklar

Deputat hududdagi obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi

 Deputat hududdagi obodonlashtirish ishlarini o‘rgandi. 

O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 11 oktyabrdagi 665-son qarori ijrosi
doirasida Quva tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan tuman mahallalaridagi
ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash bo‘yicha amaliy ishlarni bajarilishi
davom etmoqda. Mazkur ishlarni sifatli bajarilishi ustidan esa jamoatchilik nazorati
o‘rnatilgan.  

Xalq deputatlari
Quva tuman Kengashi deputati Yu.Axmadaliev Yangichek mahalla fuqarolar yig‘inining
Yangi Chek, Bo‘zaxo‘r, Nafis ko‘chalarini kengaytirish va shag‘allashtirish bo‘yicha
olib borilayotgan ishlari holatini o‘rgandi.  

O‘rganishlar
davomida mas’ullarga bajarilayotgan ishlarni to‘liq hamda sifatli yakuniga yetkazish
yuzasidan tavsiyalar berib, aholi murojaatlari va takliflari inobatga olgan holda
mazkur jarayonni olib borilishini ustidan qat’iy deputatlik nazoratini o‘rnatdi.  

Slide 1 of 3