Yangiliklar

Quva tumani deputatlarining mahallalardagi uchrashuvlari aholi manfaatlariga qaratildi

 Quva tumani deputatlarining mahallalardagi uchrashuvlari aholi manfaatlariga qaratildi 

Xalq deputatlari
Quva tuman Kengashiga “14-Xonobod” saylov okrugidan saylangan deputat M.Axmadalieva
hamda O‘zLiDeP Quva tuman Kengashi apparati rahbari Yu.Abdullaeva bilan birgalikda
Madaniyat, Pastki Xonobod mahalla fuqarolar aholisi bilan uchrashuv o‘tkazdilar. 

Uchrashuv ochiq
muloqot tarzida o‘tib, deputat tomonidan ishtirokchilarga tumanning ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanishi, aholini ijtimoiy himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar,
yangi tadbirkorlik sub’ektlarini, yangi ish o‘rinlarini yaratish yo‘nalishida olib
borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berdilar. 

Uchrashuvlar
davomida mahallalar hududida mavjud muammolar, aholini tashvishlantirayotgan masalalar
o‘rganilib, muhokama qilindi, fuqarolar tomonidan berilgan savol va takliflar bo‘yicha
atroflicha javoblar qaytarildi. 

Bu kabi uchrashuvlar
aholi bilan o‘zaro muloqotni mustahkamlash, joylardagi muammolarni o‘rganish, fuqarolar
murojaatlariga o‘z vaqtida yechim topish hamda deputatlik faoliyati samaradorligini
oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.  

Slide 1 of 3