Nurafshonda bandlik masalasiga alohida e’tibor: Navbatdagi bo‘sh ish o‘rinlari yarmirkasi o‘tkazildi
Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi kotibiyati mudiri K.Umarboyev tashabbusi bilan aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish maqsadida amaliy tadbir tashkil etildi.
📍 Manzil: Nurafshon shahar, "Yoshlik" MFY hududi.
Yarmirka davomida shahardagi turli korxona va tashkilotlar o‘zlaridagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishdi. Tadbirga tashrif buyurgan fuqarolarga:
Bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumotlar berildi;
Mutaxassislar tomonidan huquqiy maslahatlar ko‘rsatildi;
Ishga joylashish istagida bo‘lgan fuqarolarning yo‘llanmalari rasmiylashtirildi.
"Maqsadimiz — har bir fuqaroning daromad manbaiga ega bo‘lishiga ko‘maklashish va 'Yoshlik' mahallasi yoshlarining bandligini maksimal darajada ta'minlash," — deya ta'kidladi K.Umarboyev.