Yangiliklar

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati Mavlonova Ra'no Eshqobilovna o‘z saylov okrugiga qarashli Xomkon mahallasida mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida mahallada olib borilayotgan obodlashtirish ishlari, shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari bilan yaqindan tanishildi. Bundan tashqari, Islom taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida olib borilayotgan ishlar, shuningdek, fuqarolar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish maqsadida barpo etilayotgan piyodalar yo‘lakchasi qurilish jarayonlari o‘rganildi. Deputat mazkur loyihalar belgilangan muddatlarda va sifatli amalga oshirilishi, aholi manfaatlari yo‘lida doimiy nazorat olib borilishi zarurligini ta’kidladi.

Slide 1 of 1