Sessiya kun tartibiga kiritilgan muhim masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi. Jumladan, Marg‘ilon shahar mahalliy byudjetining 2026-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq qismini tasdiqlash, uning sarflanishi hamda tasdiqlangan parametrlariga kiritilgan o‘zgarishlarni ma’qullash masalasi muhokama etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-387-sonli “Mahalliy byudjetlar va byudjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, byudjet intizomini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan xisobot berildi.
👉BATAFSIL