Uchrashuv davomida 2026 yilning dastlabki oylarida amalga oshirilgan ishlar, tashkil etilgan tadbirlar hamda hududda mavjud va hal etilishi zarur boʻlgan muammolar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, Gʻalatoʻy MFY hududida joylashgan 2-son Oilaviy poliklinikaga qarashli tibbiyot binosini taʼmirlash yoki yangidan qurish masalasi koʻrib chiqildi.
Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, ularni bartaraf etish boʻyicha amalga oshiriladigan ishlar maʼlum qilindi.