Yangiliklar

Oqdaryo tumanida ta’lim sohasidagi islohotlar izchil davom etmoqda.

Oqdaryo tumanida ta’lim sohasidagi islohotlar izchil davom etmoqda.

🇺🇿 Jumladan, 27-umumta'lim maktabida tashkil etilgan “Inklyuziv ta’lim” sifati o‘rganildi. O‘rganish jarayonida alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo‘lgan o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonining tashkil etilishi, pedagoglarning malakasi hamda metodik yondashuvlar atroflicha tahlil qilindi.

🇺🇿 Shuningdek, o‘quvchilarni ijtimoiy moslashtirish, ularning tengdoshlari bilan integratsiyasi, dars jarayonlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish holati ham ko‘zdan kechirildi.

🇺🇿 Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, inklyuziv ta’lim sifatini yanada oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 9