Yangiliklar

Deputatlar hududlarda aholi muammolarini o‘rganishmoqda

Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan deputatlik nazorati izchil amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi deputati D. Sherboyev hamda viloyat Kengashi deputati E.Sobirovlar “Nurli hayot” mahallasida mahalla yettiligi a’zolari bilan birgalikda fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda fuqarolar tomonidan qilingan murojaatlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

️Deputatlik nazorati davomida muammolar yuzasidan tegishli xulosa va takliflar ishlab chiqildi hamda bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga belgilangan tartibda taqdim etildi.

Slide 1 of 3