Yangiliklar

Mahallada tinchlik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash

Toyloq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B. Xamrayev va Bogʻizogʻon mahallasi profilaktika katta inspektori R. Xujamov mahalladagi notinch oilalar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Suhbat davomida oilaviy nizolar sabablari, ularni barvaqt bartaraf etish choralari muhokama qilindi. Har bir oila bilan individual yondashuv asosida suhbat olib borilib, amaliy tavsiyalar berildi.

Shuningdek, jazoni ijro etish muassasasidan qaytgan fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularning jamiyatga moslashuvi, bandligini ta’minlash va kelgusida huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi. Fuqarolarga davlat tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlar kasb-hunar o‘rganish, ishga joylashish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari haqida batafsil ma’lumot berildi. t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 4