Yangiliklar

Deputat tashabbusi

 Deputat Xasanova Zarafshon aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazib, oilalarda ajrimlarning oldini olish masalasiga alohida e’tibor qaratmoqda. Uchrashuvlar davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, muammoli oilalar bilan yakka tartibda suhbatlar tashkil etildi. 

Shuningdek, deputat tomonidan mahalla faollari, xotin-qizlar qo‘mitasi va yoshlar yetakchilari bilan hamkorlikda tushuntirish ishlari olib borilib, oilaviy kelishmovchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha maslahatlar berildi. Nizoli holatlarda huquqiy va psixologik ko‘mak ko‘rsatish choralari ko‘rildi. 

Olib borilgan ishlar natijasida bir qator oilalarda yarashuvga erishilib, ajrimlarning oldi olindi. Bu kabi uchrashuvlar izchil ravishda davom ettirilmoqda.  

Slide 1 of 1