🔹Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq deputat A.Kulbayev tomonidan tumanning “Dumaloq” mahallasida joylashgan 12-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish o‘tkazildi.
🔹O‘rganish davomida tibbiyot muassasasi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmati sifati, bepul dorilar bilan ta’minlanish, tibbiyot sohasini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbatlashildi.