"Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi"
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi kotibiyati tashabbusi bilan 14-umumtaʼlim maktabi boshlangʻich sinf oʻquvchilari oʻrtasida
"Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi" mavzusida ijodiy ishlar tanlovi oʻtkazildi. Oltiariq tumanini korrupsiyadan holi hududga aylantirish, aholi orasida unga qarshi murosasiz muhitni yaratish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi ijrosini taʼminlash va bolalar oʻrtasida umuminsoniy xislatlarni shakllantirish
va halollikni targʻib etish maqsadida oʻtkazilgan tanlovda gʻoliblar aniqlanib, tuman Kengashi kotibiyatining faxriy yorliqlari va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.