Toyloq tuman tibbiyot birlashmasining navbatdagi sessiyada hisobotini eshitish yuzasidan Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zolari tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida tuman tibbiyot birlashmasi hamda mahallalardagi oilaviy poliklinikalarda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, mavjud sharoitlar, moddiy-texnik ta’minot holati atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, aholiga bepul va imtiyozli asosda berilayotgan dori-darmonlar ta’minoti, ularning yetarliligi, saqlanishi va maqsadli tarqatilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda tibbiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. t.me/Toyloq_tuman_Kengashi