Yangiliklar

Deputat mahallada

 Deputat mahallada 

Yurtboshimizning joriy yil 5 fevraldagi PQ-49-sonli qaroriga
asosan Chortoq tumanida og‘ir mahalla sifatida 4 ta - "Turkiston",
"To‘pqayrog‘och", "To‘riq" hamda “Xayrli” mahallalari tanlab
olingan. Jumladan, "To‘riq" mahallasida ichki yo‘llarini
asfaltlash, ichimlik suv taminotini yanada
yaxshilash rejalashtirilgan. 

Bugun tuman
kengashi kotibiyat mudiri F.Bahodirov, tuman Kengashi deputati T.Buvaxo‘jaevalar
“To‘riq” mahallasida Dastur doirasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalarni
MFY raisi, soha mutaxassislari bilan mavjud
infratuzilma rejasini tuzish bo‘yicha hamkorlik ishlari bilan yaqindan tanishishdi. 

O‘rganish davomida
dasturda belgilangan ishlar sifatli va belgilangan
muddatlarda bajarilishi uchun Master reja puxta va maqsadli ishlab chiqilishi kerakligi
ta’kidlandi.  

Slide 1 of 2