Yangiliklar

"Sayyor qabul" o‘tkazildi

Bugun xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi raisi B.Ochilov tomonidan Shombuloq mahallasi hududida "Sayyor qabul" tashkil etildi. 

Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy, iqtisodiy va maishiy masalalarga oid murojaatlari tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Ayrim murojaatlar joyida hal etildi, qolganlari esa nazoratga olinib, mas’ul idoralarga yuborildi.

Bunday uchrashuvlar aholi bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va hal etishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4