Yig‘ilishga doimiy komissiya raisi X. Abdurahmonov raislik qildi va olib bordi.
Yig‘ilish davomida Marg‘ilon shahar IIB boshlig‘i o‘rinbosari Z.Xolmatovning joriy yil yanvar oyidagi xizmat faoliyati yuzasidan hisoboti eshitildi. Hisobotda shaharda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasi, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Yig‘ilish yakunida komissiya a’zolari tomonidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi