Yangiliklar

Deputat faoliyatidan

 Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi va “Madad” NNT o‘rtasida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.

Xalq deputatlari Paxtachi tumani Kengashi hamda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Paxtachi tumani vakili o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Mazkur hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF–80-son Farmonining 3-bandiga muvofiq, fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida tashkil etilmoqda.

Ushbu hamkorlik doirasida tuman Kengashi deputatlari hamda “Madad” NNTning Paxtachi tumani vakili bilan birgalikda aholiga huquqiy maslahatlar berish, amaldagi qonunchilik mazmun-mohiyatini tushuntirish, fuqarolarning murojaatlari asosida amaliy yordam ko‘rsatish ishlari tizimli ravishda yo‘lga qo‘yiladi. Ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillari, yoshlar, xotin-qizlar hamda nuroniylarning huquqiy savodxonligini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Slide 1 of 3