Yangiliklar

“Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" nomli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilmoqda.

    Mamlakatimizda atrof-muhitni muhofaza qilish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda yoshlarning ekologiyaga oid bilimlarini mustahkamlash maqsadida maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Siz ekologiyaga oid qonunlarni bilasizmi?" nomli ko‘rik-tanlovlar o‘tkazilmoqda. 

Mazkur tanlov doirasida joriy yilning 27-yanvar kuni Bo‘ka tumanidagi 14-maktabda ko‘rik-tanlovning hududiy bosqichi tashkil etildi.Tadbirda tuman kengashi deputatlari D.Po'latov A.Nishonov, tuman MMTB mutaxassislari, ta’lim muassasalari mas’ul ishtirok etdilar.  

Slide 1 of 5