Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Xususan, Boyovut tumani Kengashi deputati Muattar Mirzajonova tomonidan “Bunyodkor” mahallasida o‘tkazilgan o‘rganish davomida haqiqatdan ham “Kayfiyat” ko‘chasida joylashgan elektr simlarini tutib turgan yog‘och ustunlar yaroqsiz holga kelib qolgani aniqlandi.
Mazkur muammo yuzasidan deputat tomonidan Boyovut tumani Elektr ta’minoti korxonasiga qonunchilikda belgilangan tartibda deputatlik so‘rovi yuborilishi ma’lum qilindi.