Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Mehribon Tillayeva 46- son maktab o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv o‘zaro muloqotga aylandi. Maktab jamoasi o‘z yutuqlarini aytib, binoning bir qismi avariya holatiga kelib qolganini, kapital ta’mirga muhtojligini bildirdilar va ushbu masalani hal qilishda deputatdan yordam so‘radilar. Deputat ushbu masalani hal qilishda daxldor tashkilotlarga so‘rov orqali murojaat qilishga va’da berdi.