Jamiyatning maʼnaviy barkamolligi ayollarga boʼlgan munosabat bilan belgilanadi. Yurtimizda xotin-qizlarning yaxshi yashashiga koʼmaklashish, ayniqsa ijtimoiy koʼmakka muhtoj ayollarning faolligini oshirish, bandligini taʼminlashga hamisha katta eʼtibor qaratiladi.
Xususan, Аndijon shahrida ham, “Аyollar” hamda "Yoshlar" daftarlariga olinganlarning doimiy daromad manbaini yaratish, ularni band qilish boʼyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 23 fevralь kuni Аndijon shahar hokimi Gʼofurjon Аbdurahmonov va sektor rahbarlari tomonidan ishsiz, kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj, tadbirkorlik qilish istagida boʼlgan xotin-qizlarga hokim yordamchilari tavsiyasi asosida ajratilgan subsidiyadan tikuv mashinalari topshirildi.