Yangiliklar

24-aprel kuni Xalq deputatlari Bo'stonliq tumani Kengashi kotibiyati va doimiy komissiyalarining qo'shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Bugun 24-aprel kuni Xalq deputatlari Bo'stonliq tumani Kengashi kotibiyati va doimiy komissiyalarining qo'shma majlisi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibida quyidagi masalalar muhokama qilindi:

- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-oktyabrdagi “2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-408-son qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar hamda Xalq deputatlari Toshkent viloyati 

Kengashining 2024-yil 12-fevraldagi VI-86-14-10-0-K/24-sonli qaroriga asosan belgilangan vazifalar to‘g‘risida;

- Bo'stonliq tumanida beshinchi bosqich “Ayollar daftari” ro'yxatiga kiritilgan xotin-qizlarni qo'llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida;

- Bo'stonliq tumani mahalliy budjetining 2024-yil 1-yanvar holatiga shakllangan erkin qoldiq mablagMarining taqsimlanmagan qismi hisobidan rejalashtirilayotgan xarajatlar to‘g‘risida;

- Bo‘stonliq tumanida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida mahallalar va sanoat korxonalarida olib borilgan obodonlashtirish hamda ko'kalamzorlashtirish ishlari to‘g‘risida.

Yig‘ilish yakuni bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 7