Yangiliklar

DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGI KATTAQORG'ON TUMANIDA

Oliy Majlisi Senatining “Mahallalardagi muammolarni hal etishda xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlari va senatorlarning “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamorlikni yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi. Unga ko‘ra mahalliy kengash deputatlarining hududdagi mahallalarga biriktirilishi va har chorakda hamkorlikdagi ishlarni mahalliy kengash sessiyasida muhokama qilishlari ko‘zda tutilgan edi.

Oliy Majlis Senat a’zolari bu borada Kattaqo‘rg‘on tumanida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

Senat a’zolari Balandravot mahallasida bo‘lib, hokimlik vakillari hamda mahallalarga biriktirilgan deputatlar bilan mahalliy kengash deputatlari va mahalla yettiligi bilan hamkorlikning qay darajada tashkil etilganligi yuzasidan suhbatlashdilar.

Shundan so‘ng, mahallada tashkil etilgan tikuvchilik syexi va aholi xonadonlarini ko‘zdan kechirdi.

Slide 1 of 7