Xotin-qizlar bandligini ta'minlash Senat ishchi guruhi e'tiborida
G.Ma'rupova boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi Senati ishchi guruhi xotin-qizlarni kasbga o‘qitish va bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish bo‘yicha Samarqand viloyatida olib borilayotgan ishlar bilan tanishmoqda.
Dastlab, Senat ishchi guruhi tomonidan Zoom yig‘ilishida viloyat, tuman (shahar) hokimliklari studiyasidan qatnashgan mutasaddilar, ishchi guruh a'zolari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda xotin-qizlarni kasbga o‘qitish va bandligini ta'minlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni o‘rganish, samarali tashkil etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
Ishchi guruh o‘rganish ishlarini davom ettirmoqda.