Yangiliklar

“Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish amalda

Ma’lumki, 2023-yil 21-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi bo‘g‘in sifatida ishlashini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-209-sonli Farmoni qabul qilindi. Unda, mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliq inspektori – “Mahalla yettiligi”ni tashkil etishi belgilandi. Farmon bilan, “Mahalla yettiligi” har bir vakilining mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yaxshilash, sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlashga doir qaysi vazifalarga mas’ul ekanligi aniq belgilab berildi. Farmon ijrosini ta’minlash doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yo‘lga qo‘yish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-402-sonli qarori ham qabul qilindi.

Ushbu qaror bilan bir qator chora-tadbirlar belgilandi, jumladan, “Mahalla yettiligi” uchun qulay va ixcham binolarni o‘zida mujassam qiluvchi mahalla idoralarining namunaviy binosi loyihasini ishlab chiqish, o‘z binosiga ega bo‘lmagan mahallalarda uch yil muddatda bosqichma-bosqich namunaviy mahalla binolarini qurib topshirish belgilandi. Shuningdek, 2024-2025 yillarda 15 ta davlat xizmatini mahallalarda ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha vazifalar belgilandi (pensiya miqdori haqida ma’lumotnoma, keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga sanatoriylarga yo‘llanmalar berish, manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish, elektr energiyasi, gaz va ichimlik suvi hisoblagichlarini plombalash, loyihalarini kelishish va boshqa xizmatlar).
Bugungi kunda hududlarda “Mahalla yettiligi”ning faoliyati yo‘lga qo‘yildi, ammo tizim yangiligi, ayrim xodimlarningo‘z vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan
qarayotganligi, vijdonan yondashmayotganligi bois tizimli muammolar hali ham saqlanib qolmoqda.

Joriy yilning 17-18-aprel kunlari Shahrisabz shahridagi Ipak yo'li, Bo’ston, Tutzor, Uymovit mahalla fuqarolari yig‘inlarida ham mana shundan muammolarni bartaraf etish, joylarda “Mahalla yettiligi” bilan deputatlarning samarali hamkorligini yo‘lga qo’yish maqsadida uchrashuvlar tashkil etildi. Uchrashuvda Kengash qarori bilan tasdiqlangan “Mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash yo‘nalishlari bo‘yicha ham ishlarni tashkil etish kelishib olindi.

Slide 1 of 4