Yangiliklar

Payariq tumani “O‘ymovut” mahallasida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashiga "30-Ravot" okrugidan saylangan deputat Niyatova Saodat Baxtiyarovna hududdagi saylovchilari bilan suhbatlashdi.  

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan mahallaning ichki ko‘chalarini ta’mirlash, tosh to‘ktirish, mahalla hududidagi elektr simyog‘ochlarini yangisiga almashtirish masalalarida murojaatlar bo‘ldi. Mazkur murojaatlar yuzasidan fuqarolarga tushuntirishlar berilib, tegishli mas'ullarga deputat so‘rovlari yuborildi.

Shuningdek deputat tomonidan mahalladagi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganilib, mahalla raisi bilan birgalikda mahallada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kelishib olindi.

Slide 1 of 4