Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: KUZ-QISH MAVSUMIDA ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTI BARQARORLIGI O‘RGANILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI: AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI YUZASIDAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI: “ARNASOY ASSIA TEX” TO‘QIMACHILIK KORXONASIDA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI: G‘OLIBLAR MFYDA FUQAROLAR MUROJAATLARI VA TAKLIFLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI: AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARIGA E’TIBOR QARATILDI
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILMOQDA
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING MAVSUMIY TAYYORGARLIGI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTAB SPORT ZALI QURILISHI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI UCHUN QULAY SAVDO SHAROITLARI: YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI KO‘ZDAN KECHIRILDI
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#deputatlar_faoliyati
#24_ta_masala
#19_1_modda

Bandixon tumanida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi

✅Aholi farovonligini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish, fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash hamda bandlik masalalarini samarali hal etish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir. Mazkur yo‘nalishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini baholash va mavjud muammolarni aniqlash maqsadida Bandixon tumanida tizimli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

✅O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2024-yil 29-noyabrdagi “Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalarning bajarilishini nazorat qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-6-V-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputatlari B.Yo‘ldoshev, X.Abdimo‘minov va G.Xolmatova, shuningdek, tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i O.Muratov ishtirokida Obikor mahallasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

✅O‘rganish jarayonida mazkur qaror bilan belgilangan ustuvor vazifalarning mahalladagi ijro holati atroflicha tahlil qilindi. Xususan, kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish hamda aholining ijtimoiy-iqtisodiy farovonligini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.

✅Shuningdek, mahallada mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, mehnatga layoqatli fuqarolarni ish bilan ta’minlash hamda aholi daromadlarini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarning samaradorligini yanada kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

✅O‘rganishlar davomida belgilangan vazifalar ijrosini doimiy nazorat qilib borish, mas’ul tashkilotlar faoliyatining natijadorligini oshirish va aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish kambag‘allikni qisqartirish borasidagi ishlarning muhim omili ekani qayd etildi.

✅Ta’kidlash joizki, bu kabi o‘rganishlar deputatlik nazoratini kuchaytirish, hududlarda amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijadorligini baholash hamda aholini qiynayotgan muammolarga yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

✅Asosiy maqsad — aholi farovonligini yuksaltirish, kambag‘allikni qisqartirish va har bir oilaning munosib turmush kechirishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishdir.

Slide 1 of 1