Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILMOQDA
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING MAVSUMIY TAYYORGARLIGI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTAB SPORT ZALI QURILISHI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI UCHUN QULAY SAVDO SHAROITLARI: YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA 14-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA YOSHLAR UCHUN SPORT MAYDONCHASI BARPO ETISH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY DORIXONALARDA DORI VOSITALARI TA’MINOTI VA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI ARNASOY TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI: OQAVA SUV ARIG‘I VA YO‘L QOPLAMASI MASALALARI O‘RGANILDI.
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB BERILDI

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 24-«Tolbuloq» saylov okrugidan saylangan deputat Uboydullayeva Yulduz Abrorjonovna tomonidan saylov okrugidagi mavjud muammolarni o‘rganish hamda aholi murojaatlari va takliflari asosida Parkent tumani hokimi o‘rinbosari Sh. Akramovga deputat so‘rovi yuborilgan edi.
Mazkur deputat so‘rovida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-avgustdagi 489-sonli qarori ijrosi, xususan, «Tolbuloq» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 8 kilometr yo‘lni asfaltlashtirish hamda 500 ta eskirgan simyog‘ochni yangilariga almashtirish bo‘yicha rejalashtirilgan chora-tadbirlar va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan asoslantirilgan ma’lumot so‘ralgan.
Parkent tumani hokimligining 2026-yil 14-oktabrdagi 5406-sonli rasmiy javob xatida quyidagilar ma’lum qilingan:
✅ Yo‘llarni asfaltlashtirish: «Tolbuloq» MFY hududidagi 8 kilometr yo‘lni asfaltlashtirish ishlari mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 2027-yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
✅ Elektr infratuzilmasini yaxshilash: Mahalla hududidagi eskirgan simyog‘ochlarni yangi temir-beton ustunlarga almashtirish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqilgan. Mazkur ishlarni respublika budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish belgilangan bo‘lib, hozirda zarur mablag‘lar ajratilishi kutilmoqda.
✅ Deputatlik so‘rovi orqali hudud infratuzilmasiga oid dolzarb masalalar vakolatli tashkilotlar e’tiboriga yetkazilib, ularning hal etilishi yuzasidan rasmiy ma’lumot olindi.
‼️ Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni vakolatli tashkilotlar oldiga qo‘yish hamda ularning qonuniy hal etilishi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 2