Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILMOQDA
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING MAVSUMIY TAYYORGARLIGI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTAB SPORT ZALI QURILISHI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI UCHUN QULAY SAVDO SHAROITLARI: YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA 14-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA YOSHLAR UCHUN SPORT MAYDONCHASI BARPO ETISH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY DORIXONALARDA DORI VOSITALARI TA’MINOTI VA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI ARNASOY TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI: OQAVA SUV ARIG‘I VA YO‘L QOPLAMASI MASALALARI O‘RGANILDI.
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH, KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA MIKROLOYIHALARNI RIVOJLANTIRISH  HOLATI O’RGANILDI

✅ Aholi farovonligini oshirish, fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash hamda ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bugungi kundagi muhim vazifalardan biridir. Bu borada mahallalarda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning samarali yechimlarini topishda deputatlik nazorati alohida ahamiyat kasb etadi.
🇺🇿 Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 4-«Bo‘ston» saylov okrugidan saylangan deputat Usipxodjayev Yerlan Ormanovich Qirg‘izovul mahalla fuqarolar yig‘ini mahalla bankiri Mirvaliyev Bobomurod Dilmurod o‘g‘li bilan uchrashuv o‘tkazib, mahallada aholi bandligini ta’minlash, kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish hamda mikroloyihalarni rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. 🟢Muloqot davomida mahalladagi ishsiz fuqarolarni aniqlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va yangi ish o‘rinlarini yaratish orqali aholi bandligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, fuqarolarning mavjud salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqib, ularni daromadli mehnat faoliyatiga yo‘naltirish, oilalarning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash hamda turmush sharoitlarini yaxshilash yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.
💼 Mikroloyihalarni rivojlantirish — yangi imkoniyatlar va barqaror daromad manbai!
Mahallada kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, aholining tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, mavjud resurslardan oqilona foydalanish hamda istiqbolli mikroloyihalarni amalga oshirish orqali qo‘shimcha daromad manbalarini yaratish muhimligi ta’kidlandi. Bunda mahalla bankirining aholi bilan manzilli ishlashi, fuqarolarning tadbirkorlik g‘oyalarini o‘rganishi va ularni ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashishi dolzarb ahamiyatga ega.
📊 Kambag‘allikni qisqartirish — faqat moddiy yordam ko‘rsatish emas, balki oilalarni mustaqil daromad topishga yo‘naltirishdir. Shu nuqtayi nazardan, ehtiyojmand oilalarning muammolarini chuqur o‘rganish, ularning bandligini ta’minlash, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish orqali kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan manzilli yondashuvning ahamiyati qayd etildi.
🟢Deputat tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlarning samaradorligini o‘rganish, mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash, fuqarolarni qiynayotgan masalalar yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishiga ko‘maklashish hamda amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.
🟢 Uchrashuv davomida aholi bandligini ta’minlash, kambag‘al oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, mikroloyihalarni kengaytirish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirish yuzasidan fikr almashildi.
🌱 Zero, har bir band fuqaro — oilasi farovonligining tayanchi, har bir muvaffaqiyatli mikroloyiha esa mahalla iqtisodiy taraqqiyotining muhim omilidir!
✅ Xalq manfaatlari yo‘lida olib borilayotgan deputatlik nazorati — muammolarni aniqlash, ularning yechimiga ko‘maklashish va aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi!

Slide 1 of 2