Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILMOQDA
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING MAVSUMIY TAYYORGARLIGI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTAB SPORT ZALI QURILISHI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI UCHUN QULAY SAVDO SHAROITLARI: YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA 14-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA YOSHLAR UCHUN SPORT MAYDONCHASI BARPO ETISH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY DORIXONALARDA DORI VOSITALARI TA’MINOTI VA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI ARNASOY TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI: OQAVA SUV ARIG‘I VA YO‘L QOPLAMASI MASALALARI O‘RGANILDI.
#Mahalla yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi holati o‘rganildi
#Mahalla yoshlar yetakchisi faoliyati samaradorligi holati o‘rganildi

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan mahalla yettiligi faoliyati samaradorligini o‘rganish doirasida Galabotir MFY yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqib o‘rganildi.

❗️O‘rganish “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonun, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-martdagi 137-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirildi.

📌Jarayonda yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish, "Yoshlar daftari" bilan ishlash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda yoshlar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

📖Shuningdek, mahalladagi yoshlarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, bandligini ta’minlash va mahalla yettiligi bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tavsiya va takliflar berildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!
Slide 1 of 3