Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILMOQDA
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING MAVSUMIY TAYYORGARLIGI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTAB SPORT ZALI QURILISHI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI UCHUN QULAY SAVDO SHAROITLARI: YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA 14-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA YOSHLAR UCHUN SPORT MAYDONCHASI BARPO ETISH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY DORIXONALARDA DORI VOSITALARI TA’MINOTI VA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI ARNASOY TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI: OQAVA SUV ARIG‘I VA YO‘L QOPLAMASI MASALALARI O‘RGANILDI.
TOSHKENT SHAHAR KENGASHIDA JANUBIY KOREYA DELEGATSIYASI BILAN HAMKORLIK UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

#Delegatsiya #xalqaro_hamkorlik #Toshkent_va_Andong #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🇺🇿🇰🇷TOSHKENT SHAHAR KENGASHIDA JANUBIY KOREYA DELEGATSIYASI BILAN HAMKORLIK UCHRASHUVI BO‘LIB O‘TDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi vakillari hamda Koreya Respublikasi Kyonsan-pukto provinsiyasi Andong shahri deputatlar Kengashi raisi o‘rinbosari Son Kvan Yon boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🤝 Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi hududlararo savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, turizm va madaniy hamkorlik aloqalarini yanada faollashtirish, mahalliy vakillik organlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish hamda istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish maqsadida tashkil etildi.

🔺 Uchrashuv davomida ikki mamlakat mahalliy Kengashlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish, turizm salohiyatidan samarali foydalanish hamda madaniy aloqalarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📊 Shuningdek, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Eldor Tulyakov tomonidan Koreya delegatsiyasi vakillariga “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi, uning ustuvor maqsad va vazifalari, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar hamda uzoq muddatli taraqqiyot yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi.

📉 Xususan, strategiya doirasida iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash, aholi farovonligini oshirish, davlat boshqaruvi samaradorligini kuchaytirish va hududlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlar yuzasidan fikr almashildi.

📋 Muloqot davomida mahalliy boshqaruv tizimida ilg‘or tajribalarni o‘rganish, qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat resurslari almashinuvi, mavsumiy bandlikni tashkil etish, madaniy meros obyektlarini asrash hamda turizmni rivojlantirish borasidagi hamkorlik imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

🗣 Ta’kidlash joizki, Son Kvan Yon boshchiligidagi delegatsiyaning 12–19-oktabr kunlariga mo‘ljallangan O‘zbekistonga tashrifi doirasida Toshkent shahri bilan bir qatorda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand va Buxoro viloyatlarida ham qator uchrashuvlar hamda hududlarning iqtisodiy, turistik va madaniy salohiyati bilan tanishish tadbirlari ko‘zda tutilgan.

✅ Uchrashuv yakunida Toshkent shahri va Andong shahri o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini rivojlantirish, mahalliy Kengashlar faoliyatida tajriba almashish hamda hududlararo munosabatlarni yanada kengaytirishning ahamiyati qayd etildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10