Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILMOQDA
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING MAVSUMIY TAYYORGARLIGI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTAB SPORT ZALI QURILISHI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI UCHUN QULAY SAVDO SHAROITLARI: YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA 14-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA YOSHLAR UCHUN SPORT MAYDONCHASI BARPO ETISH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY DORIXONALARDA DORI VOSITALARI TA’MINOTI VA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI ARNASOY TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI: OQAVA SUV ARIG‘I VA YO‘L QOPLAMASI MASALALARI O‘RGANILDI.
Ijtimoiy reyestrdagi oilaning holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 9-“Shaldiramoq” saylov okrugidan saylangan deputat F.Qaxxarova tomonidan “Shaldiramoq” mahalla fuqarolar yig‘inida Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning ijtimoiy ahvolini o‘rganish yuzasidan xonadonlarga tashriflar amalga oshirildi.

Jumladan, Shaldiramoq ko‘chasi, 7-uy, 27-xonadonda istiqomat qiluvchi fuqaro F.Mamayusupovaning xonadonida bo‘lib, oilaning yashash sharoiti va mavjud ehtiyojlari bilan tanishildi.

O‘rganish davomida oilaga ko‘rsatilgan ijtimoiy yordam choralari yuzasidan ham ma’lumot olindi. Xususan, “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi tomonidan fuqaro oilasiga vaucher asosida oziq-ovqat va kiyim-kechak mahsulotlarini xarid qilish uchun yordam ko‘rsatilgani ma’lum bo‘ldi.

Tashrif yakunida oilaning ijtimoiy holati va ko‘rsatilgan yordam bilan bog‘liq ma’lumotlar o‘rganilib, xonadonning mavjud ehtiyojlariga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4