Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: KUZ-QISH MAVSUMIDA ELEKTR ENERGIYASI TA’MINOTI BARQARORLIGI O‘RGANILMOQDA
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: AXBOROT-KUTUBXONA MARKAZI FAOLIYATI O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI: AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARI YUZASIDAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI: “ARNASOY ASSIA TEX” TO‘QIMACHILIK KORXONASIDA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI: G‘OLIBLAR MFYDA FUQAROLAR MUROJAATLARI VA TAKLIFLARI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK FAOLIYATI: AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH MASALALARIGA E’TIBOR QARATILDI
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILMOQDA
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING MAVSUMIY TAYYORGARLIGI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTAB SPORT ZALI QURILISHI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI UCHUN QULAY SAVDO SHAROITLARI: YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI KO‘ZDAN KECHIRILDI
56-MAKTABDA SPORT BILAN SHUG‘ULLANISH UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining “17-Samandarak” saylov okrugi deputati I.Axmedov hududidagi “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Raximjonov tomonidan 56-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida maktabdagi sport maydonchalari, sport zali, mavjud sport jihozlari va inventarlarning holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, o‘quvchilarning jismoniy tarbiya mashg‘ulotlari hamda sport to‘garaklariga jalb etilishi, mashg‘ulotlarni muntazam tashkil etish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, sport inshootlarining texnik va sanitariya holati, jihozlarning foydalanishga yaroqliligi hamda mavjud sharoitlarning o‘quvchilar ehtiyojiga mosligi ko‘rib chiqildi.

O‘rganish yakunida o‘quvchilarning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sport bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 5