Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILMOQDA
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING MAVSUMIY TAYYORGARLIGI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTAB SPORT ZALI QURILISHI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI UCHUN QULAY SAVDO SHAROITLARI: YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA 14-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA YOSHLAR UCHUN SPORT MAYDONCHASI BARPO ETISH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY DORIXONALARDA DORI VOSITALARI TA’MINOTI VA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI ARNASOY TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI: OQAVA SUV ARIG‘I VA YO‘L QOPLAMASI MASALALARI O‘RGANILDI.
DOIMIY KOMISSIYALAR FAOLIYATIDA NAMUNAVIY QARORLAR ASOSIDA ISH TASHKIL ETILMOQDA

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashida doimiy komissiyalar faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning ish samaradorligini oshirish hamda qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi va ijro samaradorligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
⚖️ Amaldagi qonunchilik talablari, belgilangan tartib-taomillar hamda tavsiya etilgan namunaviy qarorlar asosida ishlarni tashkil etish orqali doimiy komissiyalar faoliyatida tizimlilik, izchillik va mas’uliyatni kuchaytirish choralari ko‘rilmoqda.
Doimiy komissiyalar tomonidan muhokama qilinayotgan masalalarni chuqur va har tomonlama o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash, ularning yechimlari yuzasidan asoslantirilgan takliflar ishlab chiqish hamda qabul qilinayotgan qarorlarning amaliy ahamiyatini oshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
Shu maqsadda komissiyalar tomonidan qabul qilinayotgan qarorlar muntazam tahlil qilinib, quyidagi muhim jihatlarga alohida e’tibor qaratilmoqda:
🔹 qarorlarning amaldagi qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqligi;
🔹 belgilangan vazifa va topshiriqlarning mazmunan asoslanganligi, aniqligi va to‘liqligi;
🔹 mas’ul ijrochilarning aniq belgilanishi hamda ijro muddatlarining ko‘rsatilishi;
🔹 topshiriqlarning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan amaliy mexanizmlarning mavjudligi;
🔹 qarorlar ijrosi ustidan tizimli monitoring va ta’sirchan nazoratning yo‘lga qo‘yilishi.
📌 JINOYAT VA HUQUQBUZARLIKLARNING OLDINI OLISH BORASIDAGI ISHLAR MUHOKAMA QILINDI
👮‍♂️ Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida Parkent tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A. Sultanovning hisoboti tinglandi.
📊 Yig‘ilishda Parkent tumani Ichki ishlar bo‘limi sohaviy xizmatlari xodimlari tomonidan 2026-yilning 9 oyi davomida jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirish borasida bajarilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.
Mazkur masalaning doimiy komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqilishi hududda qonun ustuvorligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan ishlarni tahlil qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birga, doimiy komissiyalar faoliyatida masalalarni chuqur tahlil qilish, muammolarga nisbatan aniq yechimlar ishlab chiqish, mas’ul tashkilotlar oldiga bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalarni belgilash va ularning ijrosini nazorat qilish orqali deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirishga alohida ahamiyat berilmoqda.
➡️ Asosiy maqsad — doimiy komissiyalar faoliyatini samarali tashkil etish, qonuniy va puxta asoslangan qarorlar qabul qilinishiga erishish, belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va aholi manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladigan natijador ishlarni yo‘lga qo‘yishdan iborat.

Slide 1 of 8