Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILMOQDA
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING MAVSUMIY TAYYORGARLIGI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTAB SPORT ZALI QURILISHI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI UCHUN QULAY SAVDO SHAROITLARI: YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA 14-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA YOSHLAR UCHUN SPORT MAYDONCHASI BARPO ETISH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY DORIXONALARDA DORI VOSITALARI TA’MINOTI VA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI ARNASOY TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI: OQAVA SUV ARIG‘I VA YO‘L QOPLAMASI MASALALARI O‘RGANILDI.
#haftalik_ish_reja Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi (2026-yil 12-oktabr – 16-oktabr)
Ushbu hafta davomida deputatlar mahallalarda fuqarolar bilan uchrashib, hududlardagi muammolarni o‘rganadi hamda ularni hal etish choralarini ko‘radi.

▫️12-oktabr | Dushanba
Haftalik Ish rejani tahlil qilish (A.Ashurov), deputatlar bilan individual tarzda ishlash hamda deputatlar va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni OAVda yoritish (R.Mamashukurov).

▫️13-oktabr | Seshanba
Kengashning navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish va doimiy komissiyalar yig‘ilishlarini tashkil etish (A.Ashurov, mahallalarda “24 ta tavsiya” asosida “Mahalla yettiligi” faoliyatini o‘rganish ishlarini muvofiqlashtirish, deputatlar bilan individual tarzda ishlash hamda amalga oshirilayotgan ishlarni OAVda yoritish (R.Mamashukurov).

▫️14-oktabr | Chorshanba
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining KQ-35-sonli qarori ijrosi yuzasidan okruglarda o‘tkazilayotgan nazorat-tahlil tadbirlarini muvofiqlashtirish (A.Ashurov), hafta davomida yuborilgan deputatlik so‘rovlarini deputatlar kesimida tahlilini ko‘rib chiqish, deputatlar bilan individual tarzda ishlash, deputatlar va Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni OAVda yoritish (R.Mamashukurov).

▫️15-oktabr | Payshanba
Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy Kengashi ishini yuritish (A.Ashurov), deputatlar bilan individual tarzda ishlash hamda Kengash kotibiyati tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni OAVda yoritish (R.Mamashukurov).

▫️16-oktabr | Juma
Haftalik amalga oshirilgan ishlar va nazorat-tahlil tadbirlari sarhisobi (A.Ashurov), kelgusi haftadagi ustuvor vazifalarni belgilash hamda hujjatlarni tartibga keltirish, deputatlar bilan individual tarzda ishlash, deputatlar faoliyatini OAVda yoritish (R.Mamashukurov).

Hafta davomida Oliy Majlis Senati va Kengash raisi topshiriq va ko‘rsatmalariga ko‘ra ish rejaga qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.

Eslatma:
Mazkur vazifalar ijrosi Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda kotibiyat xodimi R.Mamashukurov tomonidan nazorat qilinadi.