Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: TINCHLIK MFYDA NAVBATDAGI O‘RGANISH
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABDA ISITISH TIZIMI VA KO‘MIR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: AHOLIGA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH MASALALARI TAHLIL QILINDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: TIBBIYOT MUASSASASIDAGI HOLAT JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
TUMAN MARKAZIDAGI PARK VA XIYOBONLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BOBUR MFYDA MAHALLA FAOLIYATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YAKKA-YOLG‘IZ KEKSALAR VA IJTIMOIY EHTIYOJMAND OILALARGA KO‘RSATILAYOTGAN YORDAMLAR O‘RGANILDI
янв.21
BARQAROR BANDLIK VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH BO‘YICHA SHTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
31-MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

31-MAKTABDA TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi O. Mamatkarimov, Namangan viloyati Kengashi Kotibiyati mudiri T. Gapparov, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi raisi R. Isakov, shahar Kengashi Kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev hamda Kotibiyat bosh mutaxassislari A. Nurmatov va M. Abdulmajidov ishtirokidagi ishchi guruh tomonidan Namangan shahridagi 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi faoliyati bilan tanishildi.

O‘rganish jarayonida maktabda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish holati, o‘quvchilarning bilim va o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, pedagog-o‘qituvchilarning faoliyati hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasi, o‘quv xonalari, fan kabinetlari, laboratoriyalar, sport zali, sport maydonlari, kutubxona va boshqa infratuzilma obyektlarining holati ko‘zdan kechirildi.

Maktabda o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish, ularning fanlarga bo‘lgan qiziqishini oshirish, iqtidorli o‘quvchilarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik hamda raqamli texnologiyalarni joriy etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Shu bilan birga, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport va fan to‘garaklariga jalb qilish, kasbga yo‘naltirish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish hamda ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganish davomida maktab rahbariyati tomonidan ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar, erishilgan natijalar hamda kelgusida bajarilishi rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan axborot berildi.

Aniqlangan masalalar bo‘yicha ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yaxshilash, maktabning moddiy-texnik bazasidan samarali foydalanish hamda xavfsiz va zamonaviy ta’lim muhitini ta’minlash yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Mazkur o‘rganish Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar hamda Kengashning 162 ta qonun hujjatini doimiy komissiyalar kesimidagi taqsimoti doirasida ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish, ta’lim sifati va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yaxshilash vazifalari bilan uzviy bog‘liqdir.

Jumladan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (O‘RQ-637-son, 2020-yil 23-sentabr) talablaridan kelib chiqib, ta’lim sifatini oshirish, ta’lim oluvchilar uchun zarur sharoitlarni yaratish va ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yanada yaxshilash hamda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. 

Slide 1 of 8