Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YAKKA-YOLG‘IZ KEKSALAR VA IJTIMOIY EHTIYOJMAND OILALARGA KO‘RSATILAYOTGAN YORDAMLAR O‘RGANILDI
янв.21
BARQAROR BANDLIK VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH BO‘YICHA SHTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
OLTIN VODIY MFYDA GAZ TARMOQLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
♻️ CHIQINDILARNI OLIB CHIQISH XIZMATLARI HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTATLAR VA “MAHALLA YETTILIGI” HAMKORLIGINI KUCHAYTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va YTHlarning oldini olish masalalari o‘rganildi
янв.21
AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
4-SONLI DMTTDA “TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHASI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR O‘RGANILDI
10-sonli maktabda voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari o‘rganildi

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan qonun hujjatlari ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganish, aniqlangan masalalarni tahlil qilish hamda ularning amaliy yechimini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazorati tadbirlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish komissiya raisi X.Abdurahmonov, komissiya a’zosi G‘.Madumarov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Yakubova ishtirokida Marg‘ilon shahridagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-263-son “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.

Mazkur qonun voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish, bunday holatlarga sabab bo‘layotgan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish, bolalarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ularni ijtimoiy-pedagogik jihatdan qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslarini belgilaydi.

Shu nuqtayi nazardan, maktabda o‘quvchilarning davomati, ularning ta’lim jarayoniga muntazam jalb etilishi, nazoratsizlik va qarovsiz qolishining oldini olish borasidagi ishlar, ijtimoiy jihatdan xavfli ahvolda bo‘lgan voyaga yetmaganlar bilan individual profilaktik ishlarning tashkil etilishi hamda ota-onalar bilan hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi.

Deputatlar tomonidan voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vazifasi emasligi, bu borada ta’lim muassasasi, ota-ona, mahalla va mas’ul tashkilotlarning hamkorligi muhim ekani ta’kidlandi.

Ayniqsa, qonunda belgilanganidek, voyaga yetmaganlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning ta’lim olishi uchun zarur sharoitlarni ta’minlash, nazoratsizlikka olib kelishi mumkin bo‘lgan sabab va shart-sharoitlarni barvaqt aniqlash hamda bartaraf etish profilaktik ishlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri ekani qayd etildi.

O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berilib, qonun talablarining amalda ta’minlanishi, mavjud kamchiliklarning oldini olish va voyaga yetmaganlar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazorati doirasida davom ettiriladi.

Slide 1 of 4