TA’LIM MUASSASASIDA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev tomonidan Saxovat mahallasidagi 6-Ravonlik saylov okrugi hududida joylashgan Oqoltin tuman 3-sonli texnikumida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida ta’lim jarayonida foydalanilayotgan kompyuter texnikalarining eskirgani hamda ayrimlari ta’mirtalab holatda ekanligi aniqlandi. Mazkur holat o‘quvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanishi va amaliy bilimlarini oshirishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligi qayd etildi.
Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, moddiy-texnik bazani yaxshilash hamda o‘quvchilar uchun yanada qulay ta’lim sharoitlarini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi.