Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: TINCHLIK MFYDA NAVBATDAGI O‘RGANISH
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABDA ISITISH TIZIMI VA KO‘MIR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: AHOLIGA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATISH MASALALARI TAHLIL QILINDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: TIBBIYOT MUASSASASIDAGI HOLAT JOYIDA O‘RGANILDI
янв.21
TUMAN MARKAZIDAGI PARK VA XIYOBONLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
BOBUR MFYDA MAHALLA FAOLIYATI VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI TAHLIL QILINDI
янв.21
❄️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
YAKKA-YOLG‘IZ KEKSALAR VA IJTIMOIY EHTIYOJMAND OILALARGA KO‘RSATILAYOTGAN YORDAMLAR O‘RGANILDI
янв.21
BARQAROR BANDLIK VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH BO‘YICHA SHTAB FAOLIYATI O‘RGANILDI
Yoshlar festivali doirasida yoshlar bilan ishlash va profilaktika masalalariga e’tibor qaratildi

Yoshlar festivali doirasida yoshlar bilan ishlash va profilaktika masalalariga e’tibor qaratildi

Namangan shahridagi 31-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida Yoshlar kuni munosabati bilan “Yoshlar festivali” tashkil etildi. Tadbirda viloyat “Nuroniy” jamg‘armasi raisi, senator Ikromxon Najmiddinov, Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, shahar hokimi A. Kamalov, shahar Kengashi deputati
A. Nasriddinov, sektor rahbarlari, nuroniylar, jamoat faollari, ta’lim muassasalari vakillari hamda yoshlar ishtirok etdilar.

Festival doirasida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalalariga e’tibor qaratildi.

Shuningdek, “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida profilaktik tadbir o‘tkazilib, giyohvandlikning inson salomatligi va kelajagiga salbiy ta’siri, uning oldini olish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish masalalari yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Bundan tashqari, “Milliy qadriyatlar” va “Salomlashish odobi” mavzularida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbatlari tashkil etildi. Ularda yoshlar tarbiyasida milliy urf-odat va an’analarga hurmat, kattalarga ehtirom, kichiklarga izzat, xushmuomalalik va o‘zaro hurmat madaniyatini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Mazkur tadbir Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi bo‘yicha tavsiyalar doirasida yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan vazifalar bilan uzviy bog‘liqdir.

Shuningdek, Kengashning 162 ta qonun hujjatini doimiy komissiyalar kesimidagi taqsimoti asosida sohaga oid qonunchilik talablari inobatga olindi. Jumladan, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-406-son, 2016-yil 14-sentabr hamda “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘RQ-371-son, 2014-yil 14-may talablaridan kelib chiqib, yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularni turli salbiy illatlardan asrash hamda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ular bilan manzilli ishlash, bandlik imkoniyatlarini kengaytirish hamda profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.


 

Slide 1 of 9