Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA IJTIMOIY SOHA OBYEKTLARINING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILMOQDA
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTINING MAVSUMIY TAYYORGARLIGI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
CHO‘LQUVAR MFYDA MAKTAB SPORT ZALI QURILISHI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA O‘RGANILDI
янв.21
AHOLI UCHUN QULAY SAVDO SHAROITLARI: YANGI DEHQON BOZORI QURILISHI KO‘ZDAN KECHIRILDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA 14-SONLI MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIBO‘STON MFYDA YOSHLAR UCHUN SPORT MAYDONCHASI BARPO ETISH IMKONIYATLARI O‘RGANILDI
янв.21
IJTIMOIY DORIXONALARDA DORI VOSITALARI TA’MINOTI VA XIZMAT KO‘RSATISH SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI ARNASOY TUMAN KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARINING YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
TA’LIM SIFATI VA O‘QUVCHILAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR DEPUTATLIK E’TIBORIDA
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI: OQAVA SUV ARIG‘I VA YO‘L QOPLAMASI MASALALARI O‘RGANILDI.
“Yulduz” mahallasida fuqarolar murojaati o‘rganilib, yo‘ldagi noqonuniy to‘siqlarni bartaraf etish choralari belgilandi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, mavjud muammolarga huquqiy baho berish va ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Shu doirada Kengash raisi, deputat D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurov Kadastr agentligi huzuridagi Davlat kadastrlari palatasining Termiz shahar filiali rahbari M.Meliyev ishtirokida fuqarolar murojaatida ko‘rsatilgan masalani joyiga chiqib o‘rgandilar.

O‘rganish davomida “Yulduz” mahallasining Shiroq ko‘chasi bosh qismida fuqarolar tomonidan xonadonlari ro‘parasidagi umumiy foydalanishdagi yo‘l hududiga sun’iy to‘siqlar o‘rnatilgani aniqlandi.

Mazkur holat, o‘t o‘chirish, tez tibbiy yordam hamda boshqa maxsus va yirik hajmli transport vositalarining ko‘chaga erkin kirib-chiqishiga to‘sqinlik qilayotgani bilan jiddiy ahamiyat kasb etadi.

Mas’ullar tomonidan joyiga chiqib o‘rganish jarayonida o‘rnatilgan to‘siqlar tegishli fuqarolarning shaxsiy mulk chegarasiga kirmasligi, umumfoydalanishdagi yo‘l qismida joylashtirilgani hamda bunday holatga yo‘l qo‘yilishi mumkin emasligi tushuntirildi.

Fuqarolarga amaldagi qonunchilik talablari, umumiy foydalanishdagi yo‘llardan barcha aholi uchun erkin va xavfsiz foydalanish zarurligi bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, yo‘l qatnoviga xalaqit berayotgan sun’iy to‘siqlarni bartaraf etish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berilib, masalani qonuniy tartibda hal etish choralari belgilandi.

📌 Kengash tomonidan fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilayotgan masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish, qonuniylikni ta’minlash va aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.